Rishton tumani hokimi Sufhonjon Solievning «27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan bayram tabrigi

 2022-06-27 07:57:05    242

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Barchangizni 27 iyunь – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.Аvvalo, siz, azizlarni, sohaning muhtaram faxriylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga oʼzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.Barchangizga ayonki, keyingi yillarda yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari sohasida ham tub oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda.El-yurtimiz, jamoatchiligimiz matbuot nashrlari, teleradiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari, Internet saytlari, axborot xizmatlarida oʼz vazifasini sidqidildan ado etayotgan zahmatkash jurnalist va blogerlar, noshir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barcha texnik xodimlarning mashaqqatli mehnatini yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim oʼzgarishlar, ustuvor gʼoya va tashabbuslarning maʼno-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan siz, azizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʼshayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Аziz doʼstlar!Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulugʼvor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu maʼnoda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulugʼlab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan toʼkin-sochinlik arimasin.Barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini koʼrib yashash nasib etsin.Masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda barchangizga yangi yutuq va omadlar yor boʼlsin!


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab