Mahalla raislari saylovi yakuniga bagʼishlangan brifing tashkillandi

×

 2022-06-03 14:59:22    438

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida 16-31 may kunlari oʼtkazilgan mahalla fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari xususida brifing tashkil etildi. Unda tuman sektor rahbarlari, saylovda xalq ishonchini qozongan raislar, hududlardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Yigʼilishda Viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʼi B. Xoliqov, tuman hokimi Sufhonjon Soliev hamda sektor rahbarlari soʼz olib, mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlarda jinoyatchilikning oldini barvaqt olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkillash, aholi bandligini taʼminlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish boʼyicha mahalla jamoatchiligi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar haqida fikr yuritdilar.  Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʼtkazishga koʼmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi Mahmudjon Mamajonovning axborotida taʼkidlanishicha, tumanda saylash huquqiga ega fuqarolar soni 118 ming 988 nafarni, saylangan vakillar soni esa (umumiy saylovchilar sonining kamida 12 foizi) 15 ming 262 nafarni tashkil etgan. Shundan 11 ming 522 nafar vakil (75,5 foiz) saylovda qatnashib, oʼzlari munosib deb topgan nomzodlarga ovoz berishdi. Saylangan raislarning 57 nafari birinchi marta, 14 nafari qayta saylangan. Saylangan raislarning 2 nafari ayollar. Raislarning 70 nafari oliy maʼlumotga ega. Saylanganlardan 13 nafari 30-40 yosh, 10 nafari 40-50 yosh, 31 nafari 50-60 yosh, va 17 nafari 60 yoshdan yuqori boʼlgan fuqarolar hisoblanadi. Raislarning 27 nafari kasbi boʼyicha oʼqituvchi, 5 nafari iqtisodchi, 7 nafari muhandis, 4 nafari huquqshunos, 4 nafari agronom, 2 nafari quruvchi va 22 nafari boshqa soha vakillaridir. Saylangan raislarning 8 nafari taʼlim, 14 nafari maxalla tizimida, 17 nafari tadbirkorlik soxasida 1 nafari kurolli kuchlarda, 15 nafari pensiyada va 15 nafari boshka soxalarda ishlab kelishgan.  Brifing yakunida mahalla raislarining kelgusi faoliyatida davomli muvaffaqiyatlar tilandi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab