DXX raisi kubogi tuman gʼolibi aniqlandi

×

 2022-05-28 09:20:39    427

PDF yuklash
Chop etish


⚡️Yoshlar qudrati davlatimizning ertangi kuni, yangi Oʼzbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sogʼlom va komil inson boʼlib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.
⚽️ Rishton tumanida oʼtkazilgan DXX raisi kubogi bahslarida tumanimizning barcha mahalla jamoalari ishtirok etishdi.Bugun musobaqaning hal qiluvchi oʼyini boʼlib oʼtdi.Final oʼyinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan “Buston” va “Guliston” mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar toʼp surdilar.Murosasiz bahslarda “Buston” mahallasining yoshlari 1:0 hisobida gʼalaba qozonishdi va tuman chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yoʼllanma oldi. Gʼolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
????Taʼkidlash lozimki, DXX kubogini oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab