Harbiy vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi

×

 2022-05-24 19:00:56    306

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash barchamiz uchun oʼz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yoʼqotmaydigan masaladir. Ushbu dolzarb masala uzluksiz jarayon boʼlib, u bir-biriga bogʼliq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gʼoyaviy-mafkuraviy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat. Barchamizga ayyonki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi boʼlib, yoshlarda Vatanni fidokorona himoya qilishga tayyorlik va bunga qodirlikni shakllantirishga yoʼnaltirlgan. Uning maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy asosi Vatanni himoya qilish toʼgʼrisidagi zamonaviy tegishli ilm-fan sohalarining xulosalari, xalqimizning Vatan va uni himoya qilish haqidagi tarixiy va zamonaviy amaliy tajribasi, ilmiy merosi hamda mazkur masala bilan bogʼliq umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy talablar hisoblanadi. Jamiyatda vatanparvar va fidoyi insonlar koʼpayishi natijasida maʼnaviy-maʼrifiy hayotda hamda boshqa jabhalarda tub ijobiy oʼzgarishlar yuzaga keladi.Bugungi kunda tumanimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tumanimizdagi 27-IDUMda “Veteran” baynalminalchi janchilar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilayotgani, zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʼayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir ekanligi taʼkidlandi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab