“Markaziy Osiyo yoshlar forumi” doirasida Tojikistonlik yoshlar Rishtonga tashrif buyurishdi

×

 2022-05-23 16:19:23    284

PDF yuklash
Chop etish


Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlarni Rishton tumanida tantanali kutib olish marosimi oʼtkazildi. Mehmonlar dastlab, ustadbirkor Ravshan Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R+Koron” korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyida boʼldilar. Tojikistondan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolariga kulolchilik mahsulotlarining yaratilish tarixi, bosqichlari yaqindan tanishtirildi. “Tojikiston-Oʼzbekiston” yoshlar forumi ishtirokchilari shuningdek, Navoiy mahallasida joylashgan Kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasida ham boʼldilar.Bu yerda mehmonlar tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan tashkil etilgan “MM Porcelain” MChJ shaklida oilaviy korxonasi qoshidagi chinni mahsulotlariga bezak berish sexi va Shokirjon Аhmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasida tashkil etilgan kulolchilik kooperatsiyasiga ham tashrif buyurishdi. Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlar birdek zamonaviy kasblarga qiziqishlari borligini aytib, Fargʼona viloyatida yoshlar uchun katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligini taʼkidlashdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab