Yoshlar oyligi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi o‘tkazildi

×

 2023-06-06 18:21:31    166

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi o‘tkazildi.
Joriy yilning 3 iyun kunidan yurtimizda yoshlar oyligi boshlandi. Mazkur oylik doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda gala konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Rishton tumanida ham yoshlar oyligi doirasida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
Tuman istirohat bog‘ida tashkillangan bugungi konsert dasturi davomida taniqli so‘z ustasi Valijon Shamsiyev, “Layli va Majnun” guruhi hamda taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari, el ardog‘idagi ijodkorlar o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab