Tomorqachilik klasterlari va aholi tomorqalari oʼrganildi

×

 2022-11-14 08:49:53    249

PDF yuklash
Chop etish


O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi, Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Аktam Xaitov Rishton tumanida faoliyat boshlagan tomorqachilik klasterlari va aholi xonadonlarining tomorqalarini koʼzdan kechirdi. Partiya yetakchisi dastlab “Birlashgan” MFY hududida joylashgan Rishton Tomorqachilik klasterida boʼlib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda mazkur klaster tomonidan 2 ta 10 sotixli issiqxona tashkil qilingan boʼlib, u yerda limon, apelsin va mandarin oʼsimliklari parvarishlanmoqda. Koʼchatlar 4 yoshga toʼlgan boʼlib, limon koʼchatlarini har bir tupidan 50-60 kg, mandarin va apelsin koʼchatlaridan esa 40-45 kg hosil bermoqda. Tomorqachilik klasterida sitrus mevalarni koʼpaytirish va aholini bilim-koʼnikmalarini oshirish maqsadida oʼquv markazi tashkil qilingan. Hozirgi kunda tomorqa klasterida 2 ta minitraktor, 10 ta motokultivator, 2 ta yuk tashuvchi transporti hamda 500 tonnali muzlatgich tashkil qilingan. Bundan tashqari parrandachilikni rivojlantirish maqsadida aholi xonadonlariga jami 20 ming dona joʼjalar yetkazib berildi. Аktam Xaitov suhbat davomida bu kabi tomorqachilik klasterlar sonini oshirish, ular faoliyatini yanada kengaytirish uchun subsidiyalar ajratib berilayotganligini taʼkidlab oʼtdi. Partiya rahbari Rishton tumanidagi “Qayragʼoch” MFYda boʼlib, aholi tomorqalarini koʼzdan kechirdi. Аholi bilan bevosita muloqotlari davomida har bir qarich yerdan samarali foydalanish, daromadlarini oshirish, isiqxonalar tashkil qilish va bu jarayonda Kengash doimo koʼmakchi boʼlishligini bildirdi. Taʼkidlash joizki, hozirda mazkur mahallada jami 538 ta xonadon boʼlib, 45 gektar ekin ekiladigan maydonlari mavjud. Mahalla aholisi ixtisoslashuvi uzumchilik hisoblanadi. Mazkur mahallada yashovchi fuqaro Аdxamjon Mahkamov va Rustamjon Tojaliev xonadoni uzoq yillardan beri uzumchilik bilan shugʼullanib keladi. Xonadon sohiblari mahsulotlarini tumanning ichki bozorini taьminlabgina qolmay qoʼshni davlatlarga ham eksport qilmoqda. Partiya rahbari ushbu uzumchilikni yanada rivojlantirib, mahsulotlarni koʼproq eksportga yoʼnaltirish, shu orqali daromadlarini oshirish borasida oʼz takliflarini berib oʼtdi.

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab