“Rishton tomorqa xizmati” MChJning ochilish marosimi oʼtkazildi

×

 2022-09-06 06:06:33    279

PDF yuklash
Chop etish


✅ Bugun tomorqasi bor inson uchun oʼz yeri-xazinasi, mazkur xazinaning kaliti esa-mehnat ekanligi xech kimga sir emas. Choʼp suqsak ham unib chiqadigan unumdor yerlarimiz, mehnatsevar xalqimiz bor.
✍️Tomorqa – har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Tumanimizda kaftdek yerdan omilkorlik bilan foydalanib, moʼmaygina daromad olayotgan oilalar koʼplab topiladi.
 ✅ Ezgu niyatlar bilan ekinlarga bor mehrini bergan bu insonlarning asosiy maqsadi – yaxshigina daromad olib, roʼzgʼorini toʼkin, turmushini obod qilish hamda elimiz dasturxonini turli noz-neʼmatlar bilan toʼldirishga qaratilgan.
✍️ Bu borada Rishton tumanida tashkil etilgan “Rishton tomorqa xizmati” MChJning xizmatlari beqiyos boʼlmoqda. «Tomorqa xizmati» yer uchastkalarida serhosil va yuqori daromad beradigan qishloq xoʼjaligi ekinlarini joylashtirish, sifatli, serhosil, kafolatlangan urugʼ hamda koʼchatlar yetkazib, yerga ishlov berish, mineral oʼgʼit bilan taʼminlashda faol ishtirok etmoqda. Bu xizmatlar tomorqachilar bilan tuziladigan fьyuchers shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.
✅ Eng ulugʼ, eng aziz bayram munosabati bilan Birlashgan MFY hududidagi “Rishton tomorqa xizmati” MChJning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari va 15 ta tumanlardan kelgan tomorka xizmat raxbarlari xamda fermer kengashi raxbarlari qatnashishdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab