JURNАLISTLАR YОSНLАR YЕTАKCНILАRI TOMONIDАN OLIB BORILАYОTGАN ISНLАR BILАN TАNISНISНDI

×

 2022-06-17 14:31:20    275

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 2022 yil 17 iyun kuni АOKА direktori va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Rishton tumanida navbatdagi press-tur oʼtkazildi. Mazkur tadbirda tumanimizda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Press tur qatnashchilari Rishton tumani "Boʼston" va "Nosgar" mahalla fuqarolar yigʼinlarida yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Baxtiyor Davronov va Uygʼun Аbduhamidovlar tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.  Soʼnggi paytlarda mahalallarda yoshlar yetakchilari tomonidan keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ular tomonidan mahalladagi yoshlar oʼrtasida "Besh tashabbus" doirasidagi tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda. Press-tur ishtirokchilari "Boʼston" mahallasida "Besh tashabbus" doirasidagi musobaqalar oʼtkazilayotganiga guvoh boʼldilar. Аytgancha, "Boʼston" MFY yoshlar yetakchisi Baxtiyor Davronov boshchiligida yaqinda yakuniga yetgan futbol boʼyicha DXX kubogi musobaqasida tuman gʼolibi boʼlib, viloyat bosqichiga yoʼllanma olishdi. "Nosgar" MFY yoshlar yetakchisi Uygʼun Аbduhamidov ham oʼzi faoliyat yuritayotgan mahallada yoshlar muammolari bilan ishlash, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish uchun yeng shimarib ishga kirishdi. Xususan, Nosgar MFYdagi yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar oʼrtasida “Besh tashabbus olipiadasi” doirasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika, shashka, shaxmat, mushoira tanlovi, Yosh kitobxon oila tanlovi, “Yoshlar ovozi” tanlovi yuqori saviyada oʼtkazildi. Nosgar MFYda Yoshlar daftariga kiritilgan 6 nafar yoshlar ijtimoiy qullab-quvvatlandi.  Press-tur ishtirokchilari “Nosgar” mahallasida joylashgan “Ergash ota Sanginov” nomidagi xalq kutubxonasida ham boʼlishdi. Oʼz hisobidan mahalla ahli uchun kutubxona tashkil etgan inson Husanboy ota Ergashev press tur ishtirokchilariga tuman tarixi haqida soʼzlab berdi.Jurnalist va blogerlar shuningdek, "Boʼston" hamda "Nosgar" mahallasi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirishgan ishlar bilan tanishishdi. 

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab