Aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar toifalari

 2022-05-26 15:18:43    285

PDF yuklash
Chop etish


Respublika miqyosida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ishtirok etadi, hududlarda ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, materiallarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash, dastlabki yakunlarni sarhisob qilish va natijalarni eʼlon qilish uchun viloyat statistika boshqarmalari, tumanlar va shaharlar statistika bo‘limlari xodimlari jalb etiladi. Alohida davrlarda normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va maʼlumotnoma hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida shtatda bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislar vaqtinchalik jalb etiladi.Tuman va shahar miqyosida ro‘yxatga olish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalarda ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun to‘lov-shartnoma asosida xodimlar jalb etilishi mumkin. Registratorlar shahar va qishloq aholi punktlaridagi uylarning tayyorgarlik bosqichida avval tuzilgan roʼyxatlarini va kartografik materiallarni aniqlash (aniq hududdagi uylarning haqiqatda mavjudligini tekshirish) uchun to‘lov-shartnoma asosida jalb etiladi. Registratorlarni davlat statistikasi organlari va uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistikasining hududiy organlari bilan birgalikda tashkil etiladi.Davlat statistikasi organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori kurs talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari orasidan ro‘yxatga olish uchastkalari mudirlari, instruktorlar va ro‘yxatga oluvchilarni tanlab olish tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan davlat statistikasining hududiy organlari bilan birgalikda shartnoma asosida tashkil etiladi, zarur hollarda, boshqa toifadagi shaxslar ham, ular aholi ro‘yxatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yoki uni o‘tkazishda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda, bu jarayonga jalb qilinishi mumkin. Vaqtinchalik jalb etiladigan xodimlarga ismlari yozilgan nishonlar (guvohnomalar) beriladi. Bunda xodimning yashash joyi tekshirilayotgan aholi punktiga qatnash uchun qulay bo‘lishi kerak. 

O‘ktamjon Teshaboyev,
Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab