MАTBUOT АNJUMАNI OʼTKАZILDI

×

 2022-05-20 15:59:42    359

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida Rishton tumanidagi mahallalarda fuqarolar yigʼini raislari saylovining oʼtishiga bagʼishlangan matbuot anjumani oʼtkazildi. Unda mahalliy jurnalistlar, saylov komissiyasi aʼzolari ishtirok etishdi. Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzda tashkil etilib, unda Saylov komissiyasi raisi M. Mamajanov va saylov komissiyasi raisi oʼrinbosari X. Xojixonovlar tumanimizdagi mahallalarda davom etayotgan saylovlar xususida maʼlumot berishdi. Matbuot anjumanida Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolar yigʼini saylovi toʼgʼrisidagi qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan, bu saylovlar oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillari asosida oʼtkazilayotgani, fuqarolar raislikka nomzodlarning maʼruzasi, kelgusi faoliyati dasturi bilan tanishib, yashirin ovoz berish orqali oʼz saylov huquqlarini amalga oshirilayotgani qayd etildi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab