Rishtonlik vunderkind

×

 2022-05-19 15:58:45    292

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi 27-maktabning 5-sinf oʼquvchisi Muhammadaziz Sodirov mental arifmetika sohasida katta yutuqlarga erishib kelmoqda.
6 yoshidan beri mental arifmetika bilan doimiy shugʼullanib kelayotgan Muhammadaziz 2017 yilda Toshkent shahrida oʼtkazilgan tanlovda ishtirok etib, Respublika chempioni boʼlgan 2018 yilda Rossiya poytaxti Moskvada hamda 2019 yilda Xitoyning Foshanь shahrida oʼtkazilgan ALOHA Mental Arithmetic xalqaro musobaqalarida gʼolib boʼlgan. Ushbu musobaqalarda dunyoning 40 dan ziyod davlatlaridagi oʼquvchilar ishtirok etgan. Muhammadaziz Sodirov 2021 yilda Toshkentda oʼtkazilgan 4-Respublika mental arifmetika chempionatida ham oʼz yoshi toifasida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan.
Hozirgi kunda Muhammadaziz yaqinda Ispaniyada boʼlib oʼtadigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlik koʼrmoqda.
 “ALOHA” (Abacus Learning Of Higher Arithmetic – Oliy arifmetikani abakus (choʼt) yordamida oʼrganish) – 1993 yilda Lo Mun Sun tomonidan Xitoy va Tayvandagi mental arifmetika oʼqitish metodlarini umumlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dastur asosida xorijiy mamlakatlarda 7-13 yoshli oʼquvchilarga taʼlim beruvchi kompaniya boʼlib, hozirda dunyoning 42 ta mamlakatida franchayzing asosida ish olib boruvchi 4 mingdan ziyod filiallariga ega.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab