Obodonlashtirish ishlari davom etadi

×

 2021-07-23 06:24:07    542

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda mahallalarda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash, qurilish, tahmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruhi mahallalardagi  tahmirtalab ko’p qavatli uylarni tashqi qismlarini tahmirlash, tahmirtalab  ko’chalarga shag`al va tosh yotqizish, har bir xonadon va ko’chalarni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida jadallik bilan ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalar hududidagi uylar atroflari begona o’t o’lanlardan tozalanib, mavjud daraxtlarga shakl berish va butalash ishlari bajarildi.

* * *

Obodonlashtirish va tozalik har kunlik hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Bu xayrli va ezgu ishlar aslo mavsum tanlamaydi. Zero, saranjom-sarishtali joyda qut-baraka bo’ladi. Orastalik bizning qon-qonimizga singib kelayotgan qadriyatlardan biri, desak ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.

Darvoqe, uy ham, ko’cha ham o’zimizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz go’zalligiga go’zallik qo’shadi.

Darhaqiqat, tumanda bugungi kunda barcha mahallalar obod go’shalarga, ko’rkam maskanga aylanib, namunaviy xonadon va ko’chalar soni ortib bormoqda. Natijada odamlarimizning o’z hayotiga bo’lgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka bo’lgan intilishi kuchaymoqda. Obodlik bor joyda, fayzu baraka, rivojlanish bo’ladi.




<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab