Zarariq MFYda yangi kutubxona ishga tushirildi

×

 2024-03-19 16:23:21    62

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani Zarariq MFYda tuman adliya bo‘limi va 1-sonli kasb-hunar kolleji hamkorligida "Mahalla ziyo maskani" shiori ostida  kitoblar jamlanmasini o‘z ichiga olgan kutubxona tashkil qilindi. 
Kutubxona ochilishida mahalla nuroniylari, maktab o‘quvchi yoshlari, Adliya bo‘limi vakillari va 1-son kasb-hunar kolleji xodimlari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida mahalla nuroniylari va mexmonlar so‘z olib yoshlarga kitob o‘qish mohiyatini, kitob ilm va ziyoga chorlashini, bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish bilan o‘tkazish lozimligini ta’kidlashdi.
 Mahalla raisi o‘quvchi yoshlarga kutubxona imkoniyatlaridan bemalol foydalanishlari mumkinligini bildirdi. 
Ochilish marosimidan so‘ng yoshlar o‘rtasida shashka va shaxmat musobaqasi o‘kazildi va g‘oliblarga kitoblar hadya qilindi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab