Rishtonning yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskani

×

 2022-12-03 09:31:49    212

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyatida ma’naviyat maskanlari soni yana bittaga ko‘paydi. Rishton tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-mart kuni  qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zining kulolchiligi bilan mashhur bo‘lgan Rishton tumanida ham kitobxonlik, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yaxshilash kabilar doimiy e’tiborda. Yangi maskanning tashkil etilishi esa targ‘ibot ta’sirchanligini yanada  kuchaytirish va aholi o‘rtasida turli tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yerda tadbirlar zali, kutubxona, muzey, targ‘ibotchilar, yosh hunarmandlar xonasi bor.
Maskanning ochilishida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov, Rishton tumani hokimi o‘rinbosari Zarifjon Umarovlar so‘zga chiqib, hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida so‘z yuritdi. Ma’naviyat va ma’rifat maskani ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishi qayd etildi.
Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari barchaga manzur bo‘ldi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab