“Mohir oshpaz” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

×

 2022-09-13 14:24:44    240

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʼlom ovqatlanishni tashkil etish boʼyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini bajarish, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti oshpazlari orasidan ilgʼor, ijodkor, tashabbuskor, fidoiylarni aniqlash va ularniig ijodiy faolligini oshirish, ish faoliyagini samarali tashkil etayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarning tajribalarini ommalashtirish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish maqsadida tumandagi 25-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tizimda faoliyat olib borayotgan oshpazlar oʼrtasida “Mohir oshpaz” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi. Tanlovda 63 nafar oshpaz ishtirok etdi. Oshpazlar tomonidan tayyorlangan taomlar Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi mutaxassisi M.Mamatqulov, boʼlim mutaxassislari tomonidan baholandi. Tanlov natijasiga koʼra, 13-DMTT oshpazi 1-oʼrinni, 30-DMTT oshpazi 2-oʼrinni, 25-DMTT oshpazi 3-oʼrinni egalladilar. Gʼoliblar esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab