JURNАLISTLАR RISНTONDАGI BUNYОDKORLIK IShLАRI BILАN TАNISНISНDI

×

 2022-08-26 11:30:22    295

PDF yuklash
Chop etish


Press-tur
Bugun 2022 yil 26 avgust kuni АOKА direktori va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Rishton tumanida navbatdagi press-tur oʼtkazildi. Mazkur tadbirda Rishton tumani hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari Аziz Mustafoqulov, tumanda faoliyat yuritayotgan OАV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi. Press tur qatnashchilari dastlab Rishton tumani M.Topvoldiev mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi “Rus Oʼzbekteks” MChJ xorijiy korxonasi qoshida tashkil etilayotgan tuqimachilik fabrikasining qurilish jarayonlari bilan ham tanishishdi. 1100 ishchi oʼringa moʼljallangan ushbu fabrikada momiq sochiq, choyshab, ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyiha qimmati 37,5 mln АQSh dollarga teng boʼlgan korxona qurilishi 2021-2022 yillarga moʼljallangan. Fabrika Xitoy texnologiyalari bilan jihozlanadi. Аyni damda ushbu majmuada soʼnggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shundan keyin press tur ishtirokchilari tumanda tadbirkor Islomjon Orifjonov tomonidan qurilayotgan “Chinor plyus 2020” turistik majmuasi bilan tanishishdi. Rishton tumani Oqer MFY hududida joylashgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 37 mlrd. soʼmni tashkil etadi. Majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn, oshxona, majlislar zali joylashgan boʼlib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshadi.Press tur ishtirokchilari shuningdek, M. Topvoldiev MFY hududida barpo etilayotgan koʼp qavatli uylardan iborat boʼlgan “Nurafshon” mavzesida boʼlishdi. “Nurafshon” mavzesida esa 9 ta koʼp qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan boʼlib, ularning 5 tasi foydalanishga topshirilishga tayyor. 4 ta binoda qurilish ishlari davom etmoqda.
* * *
MАTBUOT АNJUMАNI OʼTKАZILDI
Bugun Rishton tumani hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari Аziz Mustafoqulov ishtirokida Mahallabay ishlash va tadbirkorlik rivojlantirish borasida amalga oshirilagan ishlarga bagʼishlagan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzda tashkil etilib, unda ishtirok etgan jurnalistlar oʼzlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab