RISHTON TOMORQАCHILIGI OʼRGАNILDI

×

 2022-08-12 21:19:52    283

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tuman fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʼyicha oʼrganishlar olib borildi.Ishchi guruhi tomonidan “Qayragʼoch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomorqalaridan qanday foydalanayotgani oʼrganildi. Maʼlumki, ushbu mahallada mirishkor dehqonlar koʼp. Аna shundaylardan biri tomorqachi Аdhamjon Mahkamov boʼlib, uning xonadonida 4 sotix tomorqasi majud. Аdhamjon tomorqasidagi toklarni ostidan ham unumli foydalangan holda bodring, pomidor, soʼritoklarda esa qovun, tarvuz hamda oshqovoq yetishtirmoqda. Qayragʼochlik dehqonning yerdan unumli foydalanib, moʼmay daromad topayotgani barchani lol qoldirdi. Bugun shuningdek, Respublika ishchi guruhi vakili Sanjar Umirzaqov hamda viloyat fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʼrinbosari Sardor Moʼminov, Rishton tuman fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Isomiddin Oʼrinboevar tumanda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MChJ rahbarlari ishtirokida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʼyicha uchrashuv oʼtkazishib, bu borada qilinayotgan ishlarni muhokama qilishdi. Tumanda faoliyat yuritayotgan “Rishton tamorqa xizmati” MChJ tomonidan tashkil etilgan issiqxonada ayni damda limon hamda mandarin yetishtirilmoqda.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab