Jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʼlidagi muhim vazifalar muhokama qilindi

×

 2022-08-12 09:14:44    264

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimligi majlislar zalida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Unda tuman hokimining tegishli oʼrinbosarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boʼlimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, masalalarga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishda asosan, joriy yilning oʼtgan davr davomida tumanda umumiy jinoyatchilik holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar masalalari muhokama qilindi. 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman prokurori, tuman IIB boshligʼi va mutasaddilarning axborotlari tinglandi. 
Hisobot davrida tumanda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ushbu xavfli illatlarni keltirib chiqargan sabablari hududlar va mahallalar kesimida batafsil tahlil qilindi.
Jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan belgilangan muhim vazifalarni tegishli masʼul tashkilotlarning mustahkam hamkorligida ogʼishmay ado etish yuzasidan qoʼshimcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab