Fuqarolardan tushgan takroriy va ijobiy hal etilmagan murojaatlar qayta oʼrganilmoqda

×

 2022-05-11 18:12:59    327

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sayyor qabullar davomida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Ishonch telefonlari, virtual qabulxonalar orqali tushgan murojaatlar ham doimiy nazoratga olingan.Murojaatlarning muntazam tahlil qilib borilishi orqali faoliyatini samarali yoʼlga qoʼymagan boʼlimlar, korxona va tashkilotlarga amaliy yordamlar koʼrsatish bilan birga ogohlantirishlar hamda intizomiy choralar ham berilmoqda.Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida tushgan murojaatlar tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan tahlil qilindi. Tumanimiz mahallalarida yashovchi oʼnga yaqin fuqarolar tomonidan bir turdagi murojaatlar ijobiy hal etilmagani bois bir necha bor takroran yana qayta yoʼllangan.Murojaatlar tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joyiga borib oʼrganildi. Shu kunga qadar 7 ta murojaat joyida hal etildi. Tumanimizda fuqarolaridan takroriy va ijobiy hal etilmagan murojaatlarni qayta oʼrganishlar davom etmoqda.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab