"Oq yo'l senga, bitiruvchi!"

×

 2021-06-25 22:16:59    598

PDF yuklash
Chop etish


Farg'ona viloyati Rishton tumanining so'lim istirohat bog'ida bugun 2021-yil 24-iyun  kuni muddatidan oldin talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan o'quvchilar va 2700 nafar 11-sinf bitiruvchilari orasidan qalbida shijoat jo'sh urgan, yuragida ajoyib hayajon sezilib turgan "oltin" va "kumush" medali sohiblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda bitiruvchi yoshlarni taqdirlash uchun tumanimiz hokimi S. Soliyev VA barcha sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Xalqaro KIUF olimpiadasida 12800$ grant sohibi bo'lgan 1-IDUM o'quvchisi A. Mirzaliyev hamda 6400$ sohibi N.Umarovlarga tumanimiz hokimi sertifikatni tantanali ravishda topshirdilar. Mazkur o'quv yilida "oltin" VA "kumush" medal sohibi deb topilgan o'zining namunali xulqi VA a'lo baholarga o'qishi bilan tengdoshlariga namuna bo'lgan bitiruvchilarga barcha sektor rahbarlari, tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri I.S.Mirzarahimova va tumanning ziyoli insonlari ulkan ishonch bildirdilar. O'ylaymizki, bugungi kun bitiruvchilari o'z oldilariga katta maqsadlar qo'yib yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishadilar. Oq yo'l, ulkan zafarlar bilan birgalikda yuqori marralarni egallashlarini tilab qolamiz.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab