“Xumdon” mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi



Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayoni belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilingan holda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.
Saylovda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. Fuqarolar o‘z nomzodlariga ishonch bildirib, erkin va adolatli tarzda ovoz berdilar.
Natijalarga ko‘ra, nomzodlar orasida ko‘pchilikning ishonchini qozongan “Xumdon” MFYda yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan Sobirjon Gʻaniyev mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Toshloqda "Ochiq eshiklar": Xalq ovozi eshitildi!


SHIJOAT VA GʻAYRAT MAYDONIDA – ENG KUCHLILAR ANIQLANDI!


"BIR QUTI – YUZ UMID: TOSHLOQDA PILLA BILAN HAYOT YUZAGA KELMOQDA!"