Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
13
2
Sayt test rejimida ishlamoqda...

842025-03-12 19:36

Olg‘a "Neftchi"! Biz birgalikda bitta kuchmiz!

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida “Neftchi” professional futbol klubi a‘zolarini yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “Neftchi” muxlislari, fan-klubi a‘zolari, futbol maktablari yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab teatr-konsert saroyining kirish qismida qizil yo‘lak tashkil etilib, karnay-surnay sadolari bilan futbolchilar tantanali kutib olindi.

Mehmonlar “Neftchi” futbol klubi tarixi aks ettirilgan rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Farg‘ona futboli tarixi va bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

Viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Xayrullo Bozorov jamoaga yangi mavsumda omadlar tilab, Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshqa sport turlari kabi millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga qaratilayotgan e‘tibor, “Neftchi” professional futbol klubi faoliyati, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, oldinda turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

"Neftchi" ning avvalgi shon-shuhratini tiklash, kuchli va zamonaviy jamoaga aylantirish, unga iste‘dodli yoshlarni jalb qilish, xususan, "Neftchi" akademiyasini tashkil etish muhim vazifalardan ekanligini ta‘kidladi.

-“Neftchi” farg‘onaliklarning faxri, sharafi. Bu jamoa uning ishqibozlarining yuragi. Olg‘a "Neftchi"! Biz birgalikda bitta kuchmiz! Maqsadlarimizga muxlislar bilan birgalikda erishamiz, - dedi viloyat rahbari.

Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev “Neftchi” futbol klubining prezidenti, Zafar Ishmetov esa jamoa bosh menejeri etib tanishtirildi.

Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko, klub direktori Mansurbek Toshmatov, jamoa sardori Anvar G‘ofurov ishtirokida "Neftchi" jamoasi tarkibiga joriy mavsum oldidan kelib qo‘shilgan futbolchilar tanishtirilib, har bir futbolchiga rasmiy raqam tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Jamoaga 2025-yilda Ibrohim Xalil Yo‘ldoshev, Ikromjon Alibayev, Yovan Jokich, Toma Tabatadze, Jamshid Iskanderov kabi katta tajriba va mahoratga ega futbolchilar transfer qilingani va bu istiqbolda chiroyli o‘yinlar davomida o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatishiga umid va ishonch bildirildi.

Tadbir davomida yosh futbolchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, Yahyobek Mo‘minov, Otabek Muhammadzohid kabi taniqli san‘atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz