Farg‘ona tumani “Beruniy“ MFYda sayyor qabul o‘tkazildi





Farg‘ona tumani, “Beruniy“ MFYda AT “Xalq banki“ boshqaruv raisi o‘rinbosari F.Ro‘ziev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari I.Toshpo‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xasanov, mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla ettiligi hamda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar qatnashdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish, lizing va bank tizimi faoliyatiga oid muammolar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi. Mutasaddilar tomonidan ushbu masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi va ayrim murojaatlar joyida hal etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!