732025-03-09 21:46
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi tizimidagi tashkilotlarda bayram shukuhi



8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona tumani adliya bo‘limida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bo‘lim rahbari tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga samimiy tabriklarini etkazib, ularning jamiyat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini e‘tirof etdi. Shuningdek, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi barcha ayollarni ushbu bayram bilan qutlab, ularning hayoti baxt, saodat va muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘lishini tilaydi!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!