Farg‘ona tumani hokimining 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi

Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar, mehribon ayollar!
Sizlarni bahoriy go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lmish 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Siz, mo‘‘tabar ayollar – mehr-oqibat va sadoqat timsolisiz, oilalar mustahkamligi va jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchisiz. Farzand tarbiyasida, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda, yurtimiz rivojida Sizlarning o‘rningiz beqiyos.
Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga bo‘lgan e‘tibor va g‘amxo‘rlik yildan-yilga ortib bormoqda. Biz ham Farg‘ona tumani rahbariyati sifatida Sizlarning hayotingiz yanada farovon bo‘lishi uchun barcha sa‘y-harakatlarni amalga oshirishga tayyormiz.
Ushbu ayyomda Sizga sihat-salomatlik, baxt va tinchlik, oila davrasida farovonlik tilayman! Har doim jamiyatimizga fayz, oilalarimizga baraka olib keladigan xotin-qizlarimizning duolari bizdan arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Xamidullo Inomov
Farg‘ona tumani hokimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!