TIBBIYОT MUАSSАSАSINING YАNGI BINOSI FOYDАLАNISНGА TOPSНIRILDI
2025-02-05 15:22:40 4
✍️ Prezidentimiz tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati samaradorligi va ommabopligini oshirishga qaratilgan yuzdan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tatbiq etilmoqda.
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga, ayniqsa aholiga sifatli tibbiy hizmat koʼrsatish yoʼnalishida koʼrilayotgan chora-tadbirlar natijasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Tuman tibbiyot boʼlimiga qarashli tugʼruq kompleksi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Bu esa oʼz navbatida tuman aholisining haqli eʼtirozlariga sabab boʼlayotgan edi.
Butunlay yangi qiyofa kasb etgan shifoxona binosida qariyb 300 million soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy koʼrinishga keldi. Bunyodkorlik ishlari evaziga ana shunday koʼrkam maskanga aylangan bino bugun tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.
Binoning ochilish marosimida Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, sektor rahbarlari ishtirok etishib, tumanimiz aholisi uchun yana bir qulaylik yaratilayotganligi taʼkidlashdi. Shundan soʼng ramziy lenta qirqilib, shifoxona rasman faoliyatini boshladi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi