Bolalarning taʼminoti uchun qilinadigan qoʼshimcha xarajatlarga ota-onaning maʼsulligi

 2025-01-31 11:54:51    44

PDF yuklash
Chop etish


Oilada bolalarni tarbiyalash, sogʼlom va barkamol avlodni shakllantirishda ota-onaning maʼsuliyati judda katta xisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga koʼra, farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʼlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʼlgan mehr-muhabbat tuygʼularini shakllantirish toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qiladi deb belgilab qoʼyilgan.Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʼz ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning gʼamxoʼrligidan foydalanish huquqiga ega. Bolaning ota-onasi boʼlmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlanadi. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʼrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi.Har bir bola oʼzining yoshi, sogʼligʼi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va boʼsh vaqtga boʼlgan huquqqa ega. Ota-ona yoki ota-onaning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoiti bilan taʼminlaydi.Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 2-moddasiga koʼra, oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning oʼzaro kelishuv yoʼli bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida gʼamxoʼrlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksning 103-moddasiga asosan, ota-ona favqulodda holatlar (bolaning ogʼir shikastlanishi, kasal boʼlishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning taʼminoti uchun zarur boʼlgan qoʼshimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart. Qoʼshimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qoʼshimcha xarajatlarni qisman pul bilan toʼlanadigan qatʼiy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki yuqoridagilarga asosan, ota-ona farzand oldida bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida gʼamxoʼrlik qilishda teng huquq va majburiyatlarga ega. Bolaning ogʼir shikastlanishi, kasal boʼlishi va boshqa sabablarga koʼra bolaga qilingan sarf xarajat er-xotin oʼrtasida ularning birga yoki alohida yashashi hamda nikohdan ajrashganligi yoki ajrashmaganligidan qatʼiy nazar teng taqsimlanishi lozim.

Yo. Toʼychiev,
Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab