Nikohdan sud tartibida ajratish

 2025-01-30 15:57:27    47

PDF yuklash
Chop etish


Oila azal-azaldan muqaddas qoʼrgʼon sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulgʼayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch boʼlsa jamiyat barqaror boʼladi. Unib oʼsayotgan farzandlar har tomonlama barkamol boʼlishiga imkon yaratiladi. Har bir inson uchun eng katta baxt oilaviy xotirjamlik va farovonlikdir. Oilasidan, farzandlaridan koʼngli toʼq insonning ishida unum va baraka boʼladi.Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga koʼra, oila jamiyatning asosiy boʼgʼinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.Nikoh Oʼzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.Davlat oilaning toʼlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.Shunday boʼlsa-da, bugungi kunga kelib ajrim yoqasiga kelib qolgan, ajrashayotgan oilalar jamiyatimizda uchrab turadi.Jumladan, fuqarolik ishlari boʼyicha sudlar faoliyatida oilaviy nizolarni koʼplab uchratish mumkin, shu nizolardan biri nikohdan ajratish boʼlib hisoblanadi.Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 38-moddasiga asosan, nikohdan ajratish sud tartibida, ushbu Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.Voyaga yetmagan bolalari boʼlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʼzaro rozi boʼlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi. Er-xotin oʼrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʼgʼrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʼlgan mol-mulkni boʼlish toʼgʼrisida nizo boʼlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.Аgar er-xotindan biri: sud tomonidan bedarak yoʼqolgan deb topilgan boʼlsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʼlsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʼlsa, oʼrtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʼra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi. 
Аgar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʼlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʼ toʼlash haqida nizo mavjud boʼlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.Nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ishlar sud tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida daʼvo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi. Sud ishning koʼrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʼrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʼlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish boʼyicha tegishli choralar koʼrish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.Аgar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yoʼq deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.Yuqoridagilarga asosan, agarda er-xotin oʼrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʼgʼrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʼlgan mol-mulkni boʼlish toʼgʼrisida nizo boʼlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʼlib, bunday holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
U.Mirzaev,Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab