Kaftdek tomorqa — katta daromad manbai

×

 2025-01-27 16:38:03    40

PDF yuklash
Chop etish


Yerdan unumli foydalanish har bir qarichi oltinga teng bӯlgan mamlakatimizda bugungi kunda asosiy mavzuga aylanib qolgan. Bu masalaga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotgani ham bejiz emas. Аholi tomorqasidan unumli foydalanish, kichik imkoniyatdan yuqori daromad olishni tumanimiz ahli yaxshi oʼzlashtirgan. 
Bu borada tumandagi “Uyrat” mahallasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi va tuman prokurori ushbu mahallada yashovchi Sardorbek Nabiev xonadonida boʼlishib, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlarini kuzdan kechirishdi. Аyni damda ushbu fuqaro oʼz tomorqasida 3 sotix yerda issiqxona tashkil qilib, qulupnay  yetishtirishni yoʼlga qoʼydi. 
Darhaqiqat, tomorqa-rizq-nasiba, moʼmay daromad manbai. Uning dasturxonlarimiz toʼkinligi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʼrnining esa qiyosi yoʼq. Hamma gap undan nechogʼli oqilona foydalana olishdadir. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʼrni beqiyos. Shunday ekan, ayni ekin-tikin mavsumida fursatni boy bermay, kaftdek tomorqani boʼsh qoldirmasdan ekin ekish, nihol qadash, pirovardida aholi bandligi hamda turmush farovonligini taʼminlashga mustahkam poydevor yaratish davrning talabidir.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab