“Tashabbusli byudjet” asosida “Xurramobod” mahalla fuqarolar yigʼinida 315 dona temir-beton tayanchlari oʼrnatilib, 5 ming metr havo tarmogʼi tortilmoqda
2025-01-24 08:58:56 49
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ajratilayotgan mablagʼlar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yigʼilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim boʼlmoqda.
Rishton tumanida ham mazkur loyihada oʼz tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yoʼl, ichimlik suvi, elektr taʼminoti bilan bogʼliq muammolar bosqichma-bosqich oʼz yechimini topmoqda.
"Xurramobod" mahalla fuqarolar yigʼini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, oʼz tashabbuslarining gʼoliblar qatoridan oʼrin olishiga erishdi. Mazkur hududda elektr taʼminotini yaxshilash bilan bogʼliq muammoga tashabbusli byudjet jarayoni yechim boʼldi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil 2-mavsumida mahalla hududida elektr taʼminotini yaxshilash yuzasidan bildirilgan taklif gʼolib deb topildi. Ushbu tashabbusini amalga oshirish uchun qariyb 1 milliard 400 million soʼm mablagʼ ajratildi.
Loyiha doirasida mahalla fuqarolar yigʼini hududida 315 dona yangi temir-beton tayanchlari oʼrnatilib, 5 ming metr havo tarmogʼi tortiladi. Shuningdek, hududga uchta yangi transformator punkti oʼrnatiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi