TOJIKISTON DELEGАTSIYASI RISHTONDА!
2025-01-15 16:29:39 9
Fargʼona viloyatida boʼlib turgan Tojikistonning Soʼgʼd viloyatidan kelgan bir guruh qishloq xoʼjaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Rishton tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi oʼrinbosari Аlibek Tursunov va tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov xamrohligida mehmonlar dastlab "Kosto Line Holding" xorijiy korxonasida boʼlib jarayonlar bilan tanishdilar.
Mehmonlar toʼqimachilik fabrikasida Rishtonda yetishtirlgan paxta xomashyosini qayta ishlab, undan tola, kalava, mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Korxona rahbari Magomed Kostoev bilan suhbatda boʼlgan tojikistonlik paxta yetishtirishdan to tayyor mahsulotgacha boʼlgan jarayonlar haqida maʼlumotga ega boʼlishdi.
Shundan soʼng, mehmonlar Rishton tumani MTPda boʼlishib, bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xoʼjaligi texnikalarini taʼmirlash ishlarini ham koʼzdan kechirdilar. Mehmonlar yangi joriy qilingan texnologiyalar haqida maʼlumotlar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi