Mahallada tadbirkorlik rivojlansa, aholi turmushi farovonlashadi
2025-01-14 12:02:53 20
Bugungi kunda mamlakatimizda inson manfaati oliy qadriyat darajasiga koʼtarilib, barcha davlat idoralari faoliyatida aholi murojaatlari bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimi yaratilgan.
Maʼlumki, “Oʼzbekiston-2030” strategiyasida “drayver” sohalarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan toʼliq foydalanish koʼzda tutilgan boʼlib, 2030 yilga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotini ikki barobar oshirib, “daromadi oʼrtachadan yuqori davlatlar” qatoriga kirish belgilangan. Shu maqsadda yurtimiz boʼylab hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.Har bir shahar yo tumanning obodligi mahalladan boshlanadi, deganlaridek, Rishton tumanida ham tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning daromadini oshirish, yangi ish oʼrinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni biror faoliyat turi bilan band qilish, shuningdek har bir xonadonda tadbirkorlik muhitini shakllantirishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Xususan, xonadonlar kesimida talab, taklif va ehtiyojdan kelib chiqib, biznes loyihalari taklif qilinmoqda. Yoshlarning tadbirkorlikka ilk qadam qoʼyishiga koʼmaklashilmoqda.
Bugun mahallalarga biriktirilgan har bir masʼul xodim xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash tarzi, shugʼullanayotgan ishi bilan qiziqib, ularning murojaatlarini eshitmoqda, muammolarini oʼrganmoqda.
Bir soʼz bilan aytganda, bugun yurtimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi oʼlaroq, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanib, moddiy farovonlik taʼminlanmoqda. Ishsizlar soni keskin kamayib, mahallalarda yangi yoʼnalishlarda kichik tadbirkorlar koʼpaymoqda.
Xususan, mahallalarda gʼayrat-shijoat bilan mehnat qilayotgan tadbirkor, usta-dehqon, keksa-yu yosh, barcha-barchani mushtarak maqsad – jondan aziz Ona-Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish istagi birlashtirgan, desak aslo mubolagʼa boʼlmaydi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi