Yangi Oʼzbekiston armiyasi–mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!
2025-01-14 12:00:49 18
Bugun Rishton tumanidagi madaniyat saroyida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov ochib berdi va soʼnggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida Milliy armiyamizni yanada takomillashtirish boʼyicha olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar haqida fikrlar bildirdi.
Bayram tadbirida Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashdek sharafli ishga oʼzini chogʼlagan bir guruh harbiylarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Tadbir tuman Madaniyat markazining hushovoz xonandalari tomonidan kuylangan Ona Vatanni madh etuvchi kuy va qoʼshiqlar bilan yanada fayzli oʼtdi.
✍️ Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi