Yurtimizning barcha hududlarida boʼlgani kabi Rishton tumanida ham "Prezident archasi" bayram tadbiri boʼlib oʼtdi

×

 2024-12-27 13:31:31    74

PDF yuklash
Chop etish


 Bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy boʼldi. Tuman markaziy istirohat bogʼida tashkil etilgan Prezident archasi bayram tadbiriga maktab va bogʼchalar, mahallalardan bolajonlar taklif etildi. 
 Tadbir Qorboboyu Qorqizlar paradi bilan boshlandi. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining Qorbobo, Qorqiz, ertak qahramonlari bayram kontsert dasturida bolajonlar bilan birga qoʼshiq kuylab, raqslarga tushishdi. 
 Tuman hokimi oʼrinbosarlari, mutassadi rahbarlar bayram tadbirida qatnashib, oʼtayotgan yilda erishilgan yutuqlarga toʼxtalib, ishtirokchilarni, ular orqali oila aʼzolarini kirib kelayotgan yangi 2025 yil bilan qutlashdi.
 Tadbirga kelgan bolajonlarga "Prezident sovgʼa"lari ulashildi.Bayram tadbirida qorbobo va qorqizning chiqishlari, ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etilgan sahna koʼrinishlari, taniqli xonanda Valijon Qodirov, tumanimizning isteʼdodli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar yigʼilganlarga manzur boʼldi. Markaziy istirohat bogʼida bayram tadbirlari 5 yanvargacha davom etadi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab