DOIMIY KOMISSIYАLАR TАSDIQLАNDI
2024-12-20 13:32:21 24
Tuman kengashi sessiyasi
Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi 2-sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador masʼul xodimlar, OАV xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kurib chiqildi.
- Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha kelib tushayotgan murojaatlar va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi toʼgʼrisida 2024-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Rahimovni axboroti. - Rishton tuman adliya boʼlimining 2024-yil 9 oy davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qoʼllash amaliyoti holati boʼyicha Rishton tuman adliya boʼlimi boshligʼi I.Isaqov axboroti.
- Tuman xududida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 714/32-son qarori va mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʼyicha Fargʼona viloyati hokimining 2024-yil 12-yanvardagi 12-11-0-Q/24-son qarori ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisobotlari.
- Rishton tumani hududida huquqbuzarliklarni oldini olish jinoyatchilikga qarshi kurashish boʼyicha 2024 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida tuman IIB boshligʼi Sh.Mavlonov hisoboti.
- Rishton tumanida 5-bosqich “Аyollar daftari” doirasida 2024 yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari va muammolari hal etilgan xotin-qizlarni “Аyollar daftari” roʼxatidan chiqarish toʼgʼrisida Oila va xotin-qizlar boʼlimi bosh mutaxassisi D.Yigitaliev hisoboti.
- Rishton tuman mahalliy byudjetning 2024-yil 9-oylik ijrosi hamda 2024-yil 9 oy davomida tuman mahalliy byudjetdan mablagʼ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga kiritilgan oʼzgarishlar toʼgʼrisida tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi boshligʼi I.Djoʼraev axboroti.
- Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyatining nizomini tasdiqlash toʼgʼrisida.
- Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashida ish yuritish boʼyicha yoʼriqnomani tasdiqlash toʼgʼrisida.
- Xalq deputatalir Rishton tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tashkil etish va komissiyalar tarkibini tasdiqlash toʼgʼrisida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi kotibiyati mudiri А.Sobirov axboroti.
- boshqa masalalar
????Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar koʼrib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi