Аholini roʼyxatga olish jarayonida etnomadaniy xususiyatlarni aniqlash

 2024-12-11 16:12:18    50

PDF yuklash
Chop etish


Turli madaniyat vakillari istiqomat qiluvchi mamlakatimizda, ehtimol, aholining etnik mansubligi (yoki tarkibi), ona tili, ilmi va tillardan foydalanishi, shuningdek, diniy jamoa va konfessiyalar toʼgʼrisida maʼlumot toʼplashni istashadi. Bularning barchasi — insonlarga oʼz tanloviga koʼra oʼzining etnomadaniy tegishliligini qulay aniqlash imkonini taqdim etuvchi belgilardir Qoidaga koʼra, etnomadaniy xususiyatlar subʼektiv tarkibga ega, boisi, u yoki bu roʼyxatga olish davomida qaysi «belgi» yoki qaysi «kontseptsiya» haqiqatan baholanishi borasida yagona tushuncha mavjud emas. Bundan tashqari, turli davlatlar har xil kontseptsiya va taʼriflarni qoʼllaydi. Etnomadaniy xususiyatlar siyosiy taʼsirchan boʼlishi va koʼpsonli boʼlmaganlarga, biroq shunday boʼlsada, boʼysunuvchi aholi guruhlari identifikatsiyalariga qoʼllanilishi mumkin. Аyrim ozchilik guruhlar aʼzolari, ayniqsa, etnik, diniy va lingvistik kelib chiqish belgisi boʼyicha kamsitishlarga nisbatan zaif boʼlishi mumkin. Аmmo respondentlar tomonidan maʼlumot berishda erkinlik va ochiqlikni taʼminlash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, respondentlarga maʼlumotlarni himoya qilish va identifikatsiyalashning oldini olish boʼyicha tegishli choralar koʼrilganligini namoyish etish uchun etnik va diniy guruhlarni roʼyxatga olish tartibi va materiallariga alohida eʼtibor qaratish zarur boʼlishi mumkin. Baʼzi hollarda, agar milliy qonunchilikda bunga yoʼl qoʼyilgan boʼlsa, mamlakatlar katta ehtimol bilan bunday maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda toʼplashni xohlashadi. Maʼlumotlar respondentlar tomonidan erkin taqdim etilishi va ular himoyalanganligini taʼminlash uchun mamlakatlar etnomadaniy xususiyatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yigʼish boʼyicha maxsus monitoring mexanizmlarini yaratishni xohlashlari mumkin. Qoidaga koʼra, faqat registrlardan yoki maʼmuriy manbalardan olingan maʼlumotlar bu belgilar uchun cheklangan qiymatga ega va nari borsa faqat cherkov yoki diniy jamoaga rasmiy aʼzolik yoki koʼp tilli muhitda hukumat va uy xoʼjaliklari oʼrtasidagi rasmiy aloqa tili kabi baʼzi jihatlarni qamrab olishi mumkin. Roʼyxatga olish varaqalarini tuzish va baholashda, statistika materiallarini tasniflash va qayta ishlashda etnik, lingvistik va diniy jamoa vakillari bilan maslahat oʼtkazish lozim. Shaffoflikni, teng munosabatni, bunday maʼlumotlarni toʼplash sabablarini yaxshiroq tushunishni va aholining keng qamrovli ishtirokini taʼminlash maqsadida bunday guruhlarni tartiblarni ishlab chiqish, roʼyxatga olishni oʼtkazish asoslarini belgilash va ozchiliklar orasida roʼyxatga olish faoliyatini oʼziga jalb qilish muhimdir.

Oʼ. Teshaboev,
Rishton tumani Statistika boʼlimi boshligʼi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab