Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʼttiz ikki yilligi keng nishonlandi

×

 2024-12-07 16:22:33    68

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori boʼlgan Bosh qomusimiz – Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʼttiz ikki yilligini koʼtarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz.
Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Rishton tumani hokimligida tantanali bayram tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda tuman faollari, huquq-tartibot idoralari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oʼquvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tantanali marosim avvalida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Bayram tadbiri avvalida Rishton tuman hokimi Bahodirjon Xoliqovning tabrigi tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Doniyorjon Rahmonqulov tomonidan yigʼilganlarga oʼqib eshittirildi. 
Tadbirda Rishton tumani adliya boʼlimi boshligʼi Ikromjon Isaqov “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati" mavzusida maʼruza qildi.
Tantanali marosimda tuman Madaniyat boʼlimi xodimlarining badiiy dasturi namoyish etildi. Shuningdek taniqli xonanda Valijon Qodirov davraga fayz bagʼishladi.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab