Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

×

 2024-12-04 14:28:04    66

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʼoyaga asoslaniladi. Mazkur jarayonlarda nogironligi boʼlgan yurtdoshlarimizga ham alohida eʼtibor qaratilib, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga, ularni jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi "Baxt uyi" tantanalar saroyida tashkil etilgan tadbir ham mazkur maqsadlarning amaliy ifodasi boʼldi, deyish mumkin.
Talbirda tuman hokimi Bahodirjon Xodiqov boshchiligida sektor rahbarlari, favqulodda vaziyatlar, mudofaa ishlari, qoʼriqlash boʼlimlari boshliqlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʼlimi hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
 Tuman hokimi tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy qutladi.
 Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni eʼtirof etib oʼtdi. 
      Bayram ishtirokchilariga tuman madaniyat boʼlimi, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari badiiy havaskorlari tomonidan qoʼshiqlar aytilib, raqslar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilariga bayram sovgʼalari topshirildi.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab