Аholi uy-joy fondi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish oʼrtasidagi aloqalar
2024-12-04 08:25:21 7
Аholini, uy-joy fondi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish oʼrtasidagi aloqalar juda aniq koʼrinmaydi. Biroq, koʼplab mamlakatlar ushbu aloqalarni yanada yaxshi integratsiyasiga erishish yoki maʼlumotlarni toʼplash faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun yangi yoʼllarni izlashda tobora koʼproq ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, ushbu ikki turdagi roʼyxatga olishda bir qator masalalarni koʼrib chiqish kerak, ularning eng muhimi, turli xil kuzatuv birliklaridir. Qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olishning kuzatuv birligi fermer xoʼjaligi hisoblanadi, u qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy birligi hisoblanadi. Аholini roʼyxatga olishning kuzatuv birligi esa uy xoʼjaligi va uning tarkibiga kiradigan shaxslardir. Biroq, koʼplab rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishining asosiy hajmi uy xoʼjaliklarida jamlangan boʼlib, uy xoʼjaliklari va fermer xoʼjaliklari oʼzaro yaqin aloqalarga ega boʼlib, koʼpincha bevosita muvofiq namoyon boʼladi. Ushbu ikki turdagi roʼyxatga olish oʼrtasidagi aloqalarni oʼrnatish bunday mamlakatlar uchun juda muhimdir. Qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish jarayonida uy xoʼjaliklari va xoʼjalik egasining oila aʼzolari boʼyicha turli maʼlumotlar toʼplanadi. Butunjahon qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish uy xoʼjaliklari miqdori, uy xoʼjaligi aʼzolarining demografik xususiyatlari va iqtisodiy faoliyati, shuningdek, uy xoʼjaligi aʼzolarining ishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yigʼiladi. Qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish jarayonida olingan qishloq xoʼjaligi faoliyati haqidagi baʼzi maʼlumotlarni aholini roʼyxatga olish maʼlumotlariga nisbatan toʼliqroq deb hisoblash mumkin. Odatda, har bir shaxsning iqtisodiy faoliyatining asosiy turi qisqa hisobot davrida soʼraladi, bu esa, qishloq xoʼjaligi bilan shugʼullanadigan shaxslarning mavsumiy asosda yoki toʼliqsiz ish bilan taʼminlanmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, aholini roʼyxatga olish qishloq xoʼjaligidagi bandlik va qishloq xoʼjaligi aholisi haqida maʼlumot olish imkonini beradi, bu esa qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish natijalarida mavjud emas. Chunki, u oʼz ichiga faqat ferma egalari boʼlgan uy xoʼjaliklarinigina oladi. Qishloq xoʼjaligi maʼlumotlaridan foydalanuvchilarga toʼliq tasvirni berish uchun qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish maʼlumotlari ham va aholini roʼyxatga olish maʼlumotlari ham birdek zarur boʼladi. Аholini va uy-joy fondini roʼyxatga olishni rejalashtirishda ushbu turdagi roʼyxatga olish va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish oʼrtasidagi aloqani taʼminlash uchun har qanday imkoniyatni oʼrganish kerak. Ushbu aloqa turli shakllarga ega boʼlishi mumkin. Аholini va uy-joy fondini roʼyxatga olishda ishlatiladigan taʼriflar qishloq xoʼjaligi roʼyxatiga kiritilgan taʼriflar bilan mos kelishi kerak, bu ikki maʼlumot toʼplami oʼrtasida mazmunli taqqoslashni taʼminlaydi. Аholini va uy-joy fondini roʼyxatga olish qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish uchun, masalan, hududlarni roʼyxatga olish uchastkalariga boʼlish, qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish uchun asos tayyorlashi yoki tegishli hollarda namuna olish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin.
Oʼ. Teshaboev Rishton tumani
Statistika boʼlimi boshligʼi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi