Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi – islohotlarimiz poydevori

 2024-11-30 09:43:40    29

PDF yuklash
Chop etish


2023 yil 30 aperl kuni boʼlib oʼtgan umumxalq referendumida yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya uzoq muhokamalardan oʼtib, koʼplab qoʼshimchalar bilan boyitilganiga hammamiz guvohmiz. Bu, albatta, uning har bir moddasi ustida jiddiy ishlanganidan dalolat beradi. Ushbu yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangan Yangi Oʼzbekiston Konstitutsiyasi mamlakatda inson qadrini yanada ulugʼlash va huquqiy demokratik davlat barpo etish maqsadida qabul qilingan albatta. Аsosiy Qonunning eng muhim printsiplari, shuningdek, undagi umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari oʼzbek xalqining ming yillik davlatchilik tarixi va asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlariga hamohang yaratilgan. Bugun shuni alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimiz asosiy Qonunida belgilangan eng muhim printsiplar, yaʼni xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, shuningdek, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlar kabi konstitutsiyaviy normalarni hayotga yanada kengroq tadbiq etishga zamon talablaridan kelib chiqib yondashuv boshlandi.Biz oʼz oldimizga qoʼyilgan oliy maqsadlarga erishish oson ish emas. Qolaversa, qonunlar boʼladimi, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar boʼladimi yoki “yoʼl xaritalari”mi, hammasi Konstitutsiya ustvorligi taʼminlanmas ekan, yaʼni jamiyatda adolat oʼrnatilmas ekan, koʼzlangan maqsadlarga erishib boʼlmaydi. Konstitutsiyasining asosiy printsiplaridan biri Oʼzbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi soʼzsiz tan olinishidir. Shuningdek, mamlakatimiz asosiy Qonunida belgilanganidek, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʼradilar. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Bu esa oʼz navbatida huquqiy normalar, yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilash, oʼzgartirish va bekor qilishga qaratilgan umummajburiy xarakterdagi koʼrsatmalarni oʼz ichiga olgan rasmiy hujjat hisoblanadigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladigan idoralar va mansabdor shaxslar oldiga bir qator masʼuliyatlar yuklaydi.Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar doirasida inson-huquq va erkinliklarini himoya qilishning barcha vositalaridan toʼlaqonli foydalanilmoqda. Qonun ustuvorligini taʼminlash va adolatli jamiyat barpo etish bu bir kunlik ish emas. Qolaversa, eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham tom-maʼnodagi qonun ustuvorligi taʼminlangani va adolatli jamiyat barpo etilganiga hozircha guvoh boʼlganimiz yoʼq. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq boʼlishi shart.Yangi Oʼzbekistonda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ustunligi soʼzsiz tan olinishi, mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega ekanligi, toʼgʼridan-toʼgʼri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi, birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning printsip va normalariga zid boʼlishi mumkin emas.Xulosa oʼrnida aytganda, mamlakatimizda suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat barpo etishda Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlarimizning ustuvorligi jamiyat taraqqiyoti va ravnaqini belgilab beruvchi eng muhim omil hisoblanadi. Bir soʼz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi, ertangi porloq hayotga yetkazuvchi yoʼlidir.

Sh.Аxunbaev, Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining raisi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab