Oilaviy ajrimlar va uning salbiy oqibatlari.
2024-11-20 08:48:36 22
Oila jamiyatning asosiy boʼgʼinidir. Oilada har bir inson ulgʼayadi va kamol topadi. Oila davlat va jamiyatda oʼrni muhim boʼlganligi sababli Konstitutsiyamizga alohida XIV bob bilan kiritilgan. Konstitutsiyamizning 76-moddasida oila jamiyatning asosiy boʼgʼiniligi, jamiyat va davlat muhofazasida boʼlish huquqiga egaligi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi koʼrsatilgan.
Bugungi kunda yigit va qiz oʼzaro ixtiyoriyligi va teng huquqliligi asosida turmush qurayotgan boʼlsalarda, oilaviy ajrimlar ming afsuski uchrab turibdi. Oilaviy nizolarni taalluqlilik boʼyicha fuqarolik sudlari koʼrib chiqadi. Birgina bir oilaning arzimagan sabablar bilan oʼzaro janjallashishi natijasida fuqarolik sudlarida bir necha toifadagi fuqarolik ishlarini koʼrilishiga sabab boʼladi. Er-xotining oʼzaro ajrashib ketishi natijasida fuqarolik sudlarida nikohdan ajratish, bolaning taʼminoti uchun aliment undirish, oʼzining taʼminoti uchun aliment undirish, umumiy mulk deb topish va umumiy mulkni boʼlish, uyga kiritish, oʼydan koʼchirish, uy-joydan foydalanish huquqini yoʼqotgan deb topish, bolani oʼz tarbiyasiga olish, bola bilan koʼrishib turish tartibini belgilash, sarf-harajatlarni undirish va boshqa toifadagi fuqarolik ishlari koʼrilishi mumkin. Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan daʼvo toifalaridan bolaning taʼminoti uchun aliment undirish, moddiy taʼminot undirish haqidagi daʼvo arizalar uchun davlat boji toʼlashdan ozod qilingan boʼlsada, qolgan daʼvo arizalari uchun “Davlat boji stavkalari toʼgʼrisida”gi qonundan kelib chiqib davlat boji toʼlashga toʼgʼri keladi. Er-xotinlar oʼrtasidagi nizo jiddiylashganda oʼzaro yoki qarindosh urugʼlari oʼrtasida kelib chiqqan nizolar natijasida maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyatlar kelib chiqishi holatlari ham uchrab turadi. Buning natijasida aybdor shaxslar javobgarlikkka tortiladi. Er va xotining arzimagan sabab tufayli ajrashishi oqibatida farzandlarni yetim boʼlib nosogʼlom oila muxitida tarbiya topishi, ota yoki onaning mexriga toʼymasdan ulgʼayishiga sabab boʼladi. Kelgusida bunday muxitda ulgʼaygan farzand jamiyatda huquqbuzar yoki jinoyatchi boʼlib yetishi extimoli mavjud. Birgina oilaviy nizolarning ortidan juda koʼp salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Jamiyatlarni bino deb tasavvur qilsak, oila uning gʼishti hisoblanadi. Gʼishtlar boʼlmasa, bino boʼlmaganidek, oilalar boʼlmasa, jamiyatlar boʼlmasligi turgan gap. Аna shu gʼishtlar chiroyli boʼlsa, imorat ham chiroyli chiqadi, gʼishtlar pishiq boʼlsa, imorat ham pishiq boʼladi. (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Baxtiyor oila”) J.SattarovFargʼona viloyat sudi katta konsultanti
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi