Batkenda oʼtkazilgan yarmarkada Rishton va Soʼx tumani vakillari ham ishtirok etishdi
2024-11-14 12:50:12 40
Oʼzbek va qirgʼiz xalqlari koʼp asrlik yagona tarix, oʼxshash madaniyat, mushtarak til va maʼnaviy qadriyatlar bilan bir-biriga chambarchas bogʼlangan.
Bugungi kunda Oʼzbekiston va Qirgʼiziston Prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli tomonlar koʼplab dolzarb masalalarni hal etish va oʼzaro hamkorlik aloqalarining ijobiy oʼsishiga erishdi.
Shu bilan birga, ikki davlat vakillari oʼrtasidagi muntazam uchrashuvlar oʼzaro munosabatlarning yuqori darajasini namoyon etmoqda.
Аytish lozimki, oxirgi yillarda oʼrnatilgan doʼstlik munosabatlari samarasi oʼlaroq, qoʼshni Qirgʼiziston Respublikasining chegara tumanlari bilan savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, madaniyat va sanʼat sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda.
Bugun Qirgʼizistonning Batken shahrida "Oltin kuz" qirgʼiz-oʼzbek xalqlari qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yarmarkasi oʼtkazilib, unda Rishton va Soʼx tumani qishloq xoʼjaligi vakillari oʼz mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Mehmonlarni Batken rayoni davlat administratsiyasi rahbari Uchqunbek Imomalievich Jorobaev, Batken shahri meri Imomnazar Аpizovich Barxanovlar samimiy soʼzlar bilan qutlashdi.
Soʼzga chiqqanlar har ikki qardosh xalqlar doʼstligi haqida fikr bildirib, oʼzaro mehr-oqibat va doʼstlik munosabatlari rishtalari ikki davlat rahbari Shavkat Mirziyoev va Sadir Japarovlarning kuchli siyosiy irodalari tufayli yanada mustahkamlanayotganligini qayd etib oʼtdilar.
Tadbir davomida mehmonlar tashakkurnomalar va esdalik sovgʼalar taqdim etildi. Shuningdek oʼzaro fikr almashilib, hamkorlikni yanada kengaytirish borasida soʼz bordi.Unda oʼzbek va qirgʼiz xalqlari azal-azaldan doʼstlik va inoqlikda yashagani, Oʼzbekiston va Qirgʼiziston oʼrtasidagi aloqalar mutlaqo yangi bosqichga koʼtarliganini eʼtirof etishdi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi