Rishton tumani hokimining birinchi oʼrinbosari D.Rahmonqulovning MUROJААTI
2024-11-13 13:09:27 58
Rishton tumanida 4 ta tajriba asosida aholi bandligini taʼminlash, kichik biznesga jalb qilish boʼyicha Rishton tumani hokimining birinchi oʼrinbosari D.Rahmonqulovning MUROJААTI
Аssalomu alaykum, Tumandoshlar!
Tumanimiz ish oʼrinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalaniladi. Kredit mablagʼlari ajratishni oshirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2024 yilda tadbirkorlik loyihalarni amalga oshirish va qoʼllab-quvvatlashga 500,3 milliard soʼmdan ortiq kredit resurs mablagʼlari yoʼnaltiriladi.Bundan tashqari, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, yaʼni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va Gʼijduvon tajribalari yangi ish oʼrinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasutri amal boʼlib xizmat qilmoqda.
Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 71 ta mahallalarda jami 1421 ta mikroloyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan edik.
Shundan amalda 1311 ta 35,9 mlrd.soʼmlik mikroloyihalar shakilantirilib dasturga kiritilgan boʼlsa, noyabr oyida 267 ta 9,2 mlrd.soʼmlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
“Zarbdor tajribasi” asosida 8 ta mahallalarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami 9 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish oʼrinlari soni 880 ta.
Аmalda bugungi kun holatiga 7 ta loyihalar ishga tushurilib, 838 ta ish oʼrinlari yaratildi.
Rishton tumanida “Gʼijduvon tajribasi” asosida 10 ta mahallalarda “tepaga oʼsadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish, bino va inshootlarlarga ehtiyoji yuqori boʼlgan tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini koʼchirish boʼyicha jami 27 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish oʼrinlari soni 1278 ta.
Topshiriqqa asosan 27 ta loyihalar shakillantirildi. Ish oʼrinlari soni - 657 ta. Аmalda bugungi kun xolatiga 14 ta loyihalar ishga tushurilgan. Ish oʼrinlari soni - 787 ta.
Аholi bandligini taʼminlash boʼyicha “Uychi tajribasi” asosida iyulь-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 20 ta uchrashuvlar oʼtkazish va buning natijasida 3106 ta ish oʼrinlari yaratish belgilangan. Аmalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 15 ta uchrashuvlar oʼtkazilib, 2815 ta ish oʼrinalri yaratildi.
Jumladan, oktyabr oyida 2 ta uchrashuv tashkil etilib, 429 ta ish oʼrinlari yaratildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi