Bolalar mehnatiga barham berish

 2024-10-31 14:48:56    87

PDF yuklash
Chop etish


Yosh avlod mamlakatning kelajagi boʼlib hisoblanadi. Ularni har tomonlama yetuk ilmli va tarbiyali qilib kamolotga yetkazish biz kattalarning burchimizdir. Shu sababli bugungi kunda mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berish borasida koʼplab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasiga koʼra, bolalar mehnatining bolaning sogʼligʼiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga toʼsqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 3-moddasiga muvofiq, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʼliq boʼlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy printsiplaridan biri bu, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash boʼlib hisoblanadi.Ushbu Kodeksning 118-moddasiga koʼra, ishga qabul qilishga Mehnat kodeksning 20-moddasiga muvofiq shaxslar mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega boʼlishi bilan, oʼn olti yoshdan yoʼl qoʼyiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarining, kollejlar va texnikumlarning oʼquvchilarini ularning sogʼligʼiga hamda maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, oʼqitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni oʼqishdan boʼsh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga — ular oʼn besh yoshga toʼlishi bilan ota-onadan birining (ota-onasining oʼrnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yoʼl qoʼyiladi. Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televidenie, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona oʼrnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sogʼligʼiga va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (koʼrgazmaga qoʼyishda) ishtirok etish uchun oʼn besh yoshga toʼlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yoʼl qoʼyiladi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berish masalasiga oid xalqaro va mintaqaviy hujjatlar hamda xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini oʼrganish muhim ahamiyatga ega.Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston koʼplab Xalqaro mehnat tashkilotiga aʼzo boʼldi va ushbu tashkilotning 14 ta xalqaro-huquqiy hujjati, jumladan, 8 ta asosiy konventsiyasini ratifikatsiya qildi. Ular orasida “Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir” konventsiya ham bor.Yurtimizda bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga barham berish borasidagi tizimli ishlar tufayli yildan-yilga muvaffaqiyatga erishilmoqda. Xususan, 2020 yilda Oʼzbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirgan monitoringlar boʼyicha ijobiy xulosa olingan.Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida majburiy mehnat holatlari uchun javobgarlik masalalari koʼzda tutilgan. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 51-moddasida bunday holatlar uchun tegishlicha maʼmuriy javobgarlik hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1481-moddasida, voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼyilmasligi toʼgʼrisidagi talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.Bolalar mehnati muammolarini hal qilishda jamoatchilikni xabardor qilish hamda safarbar etish maqsadida bugungi kunga qadar koʼplab davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar hamda muassasalar tomonidan turli tadbirlar oʼtkazilib kelinmoqda.Xususan joylarda mahallalarga borilib, aholi orasida targʼibot tadbirlari, fuqarolar bilan uchrashuvlar oʼtkazib kelinmoqda.Xulosa qilib aytganda, bolalar mehnatiga barham berish borasida eng avvalo ota-onalarimiz masʼuldirlar, chunki farzand oilada oʼsib, ulgʼayib kamolotga yetadi, agarda oilada tinchlik boʼlib, moddiy yetishmovchilik boʼlmasa oʼz-oʼzidan bolalarning mehnat qilishga ehtiyoji yuzaga kelmaydi. Shundan ekan biz ota-onalar oʼz farzandlarimizning munosib turmush kechirishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish juda muhim hisoblanadi. Bu oʼz navbatida kelgusida ularning hayotda oʼz oʼrinlarini topish hamda bolalar mehnatiga barham berilishiga olib keladi. Zero kelajakni mustahkam va ishonchli qilib qurish uchun har birimiz burchli boʼlib hisoblanamiz.

Yo. Toʼychiev,
Fuqarolik ishlari boʼyicha 
Rishton tumanlararo sudi sudyasi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab