Oʼtkaziladigan saylovlarda saylovchilarning ovoz berish tartibi

 2024-10-24 16:19:39    75

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga asosan, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.Oʼzbekiston Respublikasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlari oʼtkaziladi.Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi mazkur saylovlarga tayyorgarlik koʼrish va ularni oʼtkazish bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.Oʼzbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, toʼgʼridan-toʼgʼri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali oʼtkaziladi. Saylov ochiq va oshkora oʼtkaziladi.Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʼn sakkiz yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʼulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylash huquqiga egadir.Fuqaro ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʼrsatadi hamda saylovchilar roʼyxatiga imzo qoʼyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.Biron-bir sababga koʼra saylovchilar roʼyxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʼyxati ilovasiga kiritiladi.Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʼtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʼgʼrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʼn kun oldin xabardor qiladi.Oʼzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʼtkaziladi.Oʼzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʼlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar roʼyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʼlgan boʼlsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin.Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʼl qoʼyilmaydi. Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʼldiradi. Saylov byulletenini toʼldirish chogʼida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʼlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʼldirish imkoniyatiga ega boʼlmagan saylovchi oʼz xohishiga koʼra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.Saylovchi oʼzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi, siyosiy partiyaning nomi roʼparasida, oʼng tomonda joylashgan boʼsh kvadratga «+» yoki «√» yoxud «x» belgisini qoʼyadi.Ovoz beruvchi toʼldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.Buzib qoʼyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʼra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qoʼyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoʼli bilan) lozim va alohida saqlanadi.Аyrim saylovchilar sogʼligʼining holatiga yoki boshqa sabablarga koʼra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar aʼzosi koʼchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini taʼminlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir boʼlishi mumkin.Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida oʼtkazilishi mumkin.Oʼzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi toʼgʼrisida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish Oʼzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida oʼtkaziladi.Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʼchma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surgʼuchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.Saylov byulletenlari solingan qop surgʼuchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.Oʼzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi kelajak avlod oldidagi masʼuliyatini anglagan holda mamlakatimizda oʼtkaziladigan saylovlarda munosib nomzodlarga ovoz berish yoʼli orqali davlat va jamiyat rivoji uchun hissa qoʼshishini unutmasligi lozim.

Аbdulaziz Hakimov,
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi sudьya yordamchisi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab