Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oʼtkazildi

×

 2024-10-23 13:56:19    77

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi 75-sessiyasi boʼlib oʼtdi. 
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
▪️Kun tartibidagi birinchi masala 2024 yilning 3 choragidagi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bu borada hududiy sektorlarda MFY yettiligi, mutasaddi tashkilot karxonalar rahbarlarining faoliyati, murojatlar bilan ishlashning ahvoli va navbatdagi vazifalar toʼgʼrisida tuman xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimovning hisoboti tinglandi.▫️Ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimi va sektor rahbarlarining Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan 2024 yil 9 oy yakuni boʼyicha amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi axborotlari oʼqib eshttirdi.▫️Uchinchi masala yuzasidan Rishton tuman hokimining birinchi oʼrinbosari D.Rahmonqulovning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvarь kungi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari” toʼgʼrisidagi PQ-39-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yilni 9 oyida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi hisoboti tinglandi.▫️Toʼrtinchi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʼlimi boshligʼi I.Djoʼraevning: -Rishton tumanida “Tashabbusli byudjetlashtirish” jarayonining 2024-yil 2-bosqichida gʼolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlar; -Rishton tuman mahalliy byudjetdan mablagʼ oluvchi tashkilotlarning iqtisod qilingan hamda samarasiz xarajatlari qolgan byudjet tashkilotlari xarajatlarining yetishmagan qismiga yoʼnaltirish; -“Tashabbusli byudjetlashtirish” jarayonini 2-bosqichida gʼolib deb topilgan Mehnatobod MFY xududida 2 ta ichimlik suvi uchun quduq qazish va Yangihayot, Temir yoʼl koʼchalariga tarmoq tortish loyihasini amalga oshirish uchun xalq deputatlari tuman Kengashining 20.09.24-yildagi VI-74-82-11-158-K/24-son qarori bilan belgilangan buyurtmachi tashkilotini oʼzgartirish;-“Tashabbusli byudjetlashtirish” jarayonining 2023-yil 2-mavsumida gʼolib deb topilgan tumandagi “Xojiqishloq” MFY dagi S.Rahimov koʼchasini asfaltlashtirish loyihasiga qoʼshimcha mablagʼ ajratish toʼgʼrisidagi maʼlumoti.▪️Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bugʼinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida ”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʼgʼrisida hisoboti tinglandi.????Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari sessiya mobaynida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgach, sessiya oʼz ishini yakunladi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab