TOʼQSONBOSTI EKISНNING VАQTI KELDI

×

 2024-10-21 15:10:07    111

PDF yuklash
Chop etish


 Xalqimizda “Toʼqsonda sugʼorsang, toʼqson botmon hosil olasan”, degan purmaʼno naql bor. Bunda qishning toʼqson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning taʼkidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urugʼlari erta koʼklamda yerdan barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon boʼlishi sir emas.
 Tumanimizda fermer xoʼjaliklari rahbarlari, hokim yordamchilari ishtirokida dehqon xoʼjaliklari va bogʼ, tok oralariga toʼqsonbosti ekilarini ekish va kooperatsiyalar tashkillash yuzasidan seminar boʼlib oʼtdi.
 Seminarda viloyat hokimining qishloq xoʼjaligi masalalari boʼyicha maslahatchisi Fazliddin Sayfutdinov, tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman sektorlari rahbarlari, qishloq xoʼjaligiga daxldor viloyat, tuman mutasaddilari qatnashishib, oʼzlarining topshiriq va maslahatlarini berishdi.
 Masʼullar tomonidan tumanimizdagi bogʼ oralari hamda dehqon xoʼjaliklari tashkillash uchun berilgan maydonga toʼqsonbosti ekinlarini yetishtirish uchun katta imkoniyat ekanligini gapirildi. 
Bunda MFYlar yer holatlaridan kelib chiqib, qishloq xoʼjaligi masʼullari va hokim yordamchilarining maslahatlari asosida, bir kontur – bir mahsulot tamoyilini joriy etish va kooperatsiyalar tashkillanishi kerakligini uqtirildi. Shuningdek eksportyorlarni jalb etish aholining yetishtirgan mahsulotlari bozori uchun muhimligi taʼkidlandi. Fermerlarga toʼqsonbosti ekinlarini ekishda oʼzlarining boy tajribalarini oʼrtoqlashishlarini va maslahatlarini berib borishlarini aytib oʼtildi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab