VENGRIYА VА RISHTON HАMKORLIGI UCHUN DАSTLАBKI QАDАMLАR QOʼYILDI

×

 2024-10-19 08:34:03    102

PDF yuklash
Chop etish


Hamkorlik ufqlari

Shu kunlarda Fargʼona viloyatida boʼlib turgan Vengriyaning Yas-Nadьkun-Solьnok viloyati prezidenti Imre Xubay, ijrochi hokimi Аttilo Berko boshchiligidagi delegatsiya bugun Rishton tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimining tegishli oʼrinbosarlari va tuman hokimi xamrohligida mehmonlar "Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlishdi.  Vengriyaliklar kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi. Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.
Ushbu tashrif xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olishmadi.
Tashrif davomida "Chinor plyus" majmuasi bilan ham tanishildi. 
Yas-Nadьkun-Solьnok viloyati prezidenti Imre Xubay mamlakatlarimiz rahbarlari oʼrtasida tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar keng koʼlamli hamkorlik qamrovini sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarishga xizmat qilayotganini taʼkidlab, Rishton tumani bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi va keyingi yili Vengriyada oʼtkaziladigan forumga taklif etishini aytib oʼtdi.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab