MUNOSIB ETIROF
2024-10-10 08:25:47 84
Soʼnggi yillarda Rishton tumani va Yaponiya mamlakati oʼrtasida doʼstona munosabatlar oʼrnatilgan boʼlib, keng miqyosdagi hamkorliklar izchil davom etmoqda. Bunday samimiy munosabatlarda “Noriko – Gakkyu” yapon tili maktabining hissasi beqiyosdir.
Rishton tumanida joylashgan “Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markazi bir necha yildan buyon samarali faoliyat olib bormoqda. Bu yerda yapon tilidan saboq olgan koʼplab yoshlar bugungi kunda Yaponiyada tahsil olishmoqda va ishlab kelishmoqda.
Rishton tumanidagi “Noriko – Gakkyu ” yapon tili maktabida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar kishining havasini keltiradi. Bu yerga har yili "Kunchiqar yurt"dan bir nechta koʼngilli oʼqituvchilar kelib rishtonlik yoshlarga yapon tilidan dars berishadi.
Kuni kecha Yaponiyaning Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi XАTORI TАKАShIning Toshkent shahridagi rezidentsiyasida“Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markazi Gʼanisher Nazirovni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Mazkur tadbirda koʼp yillar davomida Yaponiya va Oʼzbekiston oʼrtasida madaniyat hamda turizm soxasida aloqalarni oʼrnatib kelayotgani hamda “Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markazi tashkil topganining 25 yil toʼlishi munosabati bilan Gʼanisher Nazirov Yaponiya Tashki ishlar vaziri tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi xodimlari, elchi XАTORI TАKАShI va elchixona xodimlari, Rishton tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, viloyat turizm boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Muzaffar Temirov, Rishtondagi kulollar sulolasi boʼlgan Nazirovlar oila aʼzolari, respublikamizda faoliyat koʼrsatib kelayotgan taniqli madaniyat va sanʼat vakillari boshqa mehmonlar qatnashdilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi